35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatlik nazorati amalda: Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llar holati deputat nazoratida
янв.21
“Ma’rifat” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” faoliyati qonunchilik mezonlari asosida tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari — deputatlar nazoratida
янв.21
Adliya bo‘limining yarim yillik faoliyati deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Termiz shahar kengashida haftalik sarhisob: Deputatlar faoliyati tahlil qilindi va korrupsiyaga qarshi kurashish vazifalari belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 24-avgust – 28-avgust)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-22-avgust kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Mahallada fuqarolar murojaati o‘rganildi.

Mahallada fuqarolar murojaati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 4-Tallimaron saylov okrugi deputati Jumaev Zafar tomonidan Yuqori Tallimaron mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada yuritilayotgan ma’muriy hujjatlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, deputat joyiga chiqqan holda fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan ijtimoiy va maishiy masalalarni tingladi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan mahallada fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni joyida hal etish va aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1