35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi tahlil qilindi
янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar! Sizlarni 20 avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev tomonidan Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat, suv xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, yer munosabatlari hamda hayvonot va o‘simlik dunyosi sohalariga oid qator qonunlar biriktirilgan:
янв.21
“Guliston” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Nurli kelajak mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Alisher Navoiy” mahallasida imtiyozli kreditlar samaradorligi o‘rganildi
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA EZGU TASHABBUS

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tashabbusi bilan mahallada ezgu va xayrli ish amalga oshirildi.
Gavhar mahallasi hududidagi Serquyosh ko‘chasi, 27-uyda yashovchi, Ijtimoiy himoya reyestrida turuvchi Zoitov Zoir Toirovich xonadonining 240 kvadrat metr tom qismi homiylik asosida kapital ta’mirdan chiqarildi. Mazkur xayrli ish oilaga Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida munosib va katta sovg‘a bo‘ldi.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4