Ko‘pchilik fuqarolarimiz barcha deputatlarning vazifasini bir xil deb o‘ylashadi. Aslida esa ularning vakolat doirasi va ish yo‘nalishi farq qiladi:
🏛 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:
· Respublika miqyosida ishlaydi;
· Butun mamlakat uchun amal qiluvchi qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
· Davlat byudjetini tasdiqlaydi va ijrosini nazorat qiladi.
🏡 Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati:
· Bevosita siz yashayotgan hudud (tuman/shahar) miqyosida ishlaydi;
· Joylardagi muammolarni (yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, maktab, bog‘cha va h.k.) o‘rganadi va ularni hal etish choralarini ko‘radi;
· Hududiy byudjet mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini hamda mahalliy tashkilot va idoralar rahbarlarining faoliyatini nazorat qiladi.
🎯 Maqsad: Oliy Majlis deputati — butun mamlakat uchun huquqiy asoslar (qonunlar)ni yaratadi, mahalliy Kengash deputati esa ushbu qonunlar va davlat dasturlarining aynan sizning mahallangizda qanday ijro etilayotganini nazorat qiladi.
⚖️ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni.