📌 TA’MIRLASH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Sulaymonov, tuman Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-377-son qarori asosida mukammal ta’mirlanayotgan Yangi hayot mahallasi hududidagi 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining belgilangan reja asosida olib borilayotgani, qurilish jarayonining borishi hamda bajarilayotgan ishlarning sifati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan tegishli masalalar muhokama qilindi.
O‘rganish ishlari davomida ta’lim muassasasini zamonaviy va qulay sharoitlarga ega maskanga aylantirish, tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.