Aholida mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Jumladan, hududdagi ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash, qo‘shimcha tungi yoritish chiroqlari hamda kuzatuv kameralarini o‘rnatish, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, o'z yechimini topmayotgan masalalar deputat tomonidan Saylov okrugidagi muammolarni ro‘yxatga olish kitobiga tegishli tartibda qayd etildi hamda ularning yechimini ta’minlash, ijrosini nazoratga olish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.