Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimov hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallaning Zargarlik ko‘chasi 20-uyda yashovchi I guruh nogironi Abduraxmonov Rashidjon tomonidan moddiy yordam ajratish hamda uy-joyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qilindi.
Fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganilib, mazkur masala Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov nazoratiga olindi.
Shuningdek, fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish, unga tegishli amaliy yordam ko‘rsatish hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida ko‘maklashish yuzasidan “Urganji bog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xodimi Isaqova Odinaxonga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi