Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va loyihalarning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
O‘rganish davomida deputatga biriktirilgan loyihalardan biri YaTT Iskandarov Muzaffar Muxtarjanovich tomonidan tashkil etilgan avtomobillarga moy almashtirish xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur tadbirkorlik subyektida xizmat ko‘rsatish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda 10 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.
Loyiha faoliyati bilan tanishish jarayonida yaratilgan ish o‘rinlari, xizmat ko‘rsatish sifati hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.