35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan Andijon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda 2026-yilning 6 oyi davomida aholiga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolar murojaatlari, imtiyozli toifadagi aholini dori vositalari bilan ta’minlash, tibbiyot muassasalarining kadrlar salohiyati, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot va tahliliy ma’lumotlar taqdim etilishi so‘raldi.

Mazkur hisobot Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.

Slide 1 of 2