35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi
янв.21
Deputatlar tomonidan tibbiyot sohasiga oid muhim savollar o‘rtaga tashlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasi kun tartibidagi birinchi masala muhokamasiga kirishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasida ovoz berish jarayonini tashkil etish va natijalarini aniqlash uchun sanoq komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
янв.21
Deputatlar tomonidan 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Abramatova Go‘zal Jumanazarovna sessiya kotibi etib saylandi.
янв.21
Ayni vaqtda Termiz shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasi bo'lib o'tmoqda.
янв.21
Termiz shahar Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi oldidan: masalalar kelishib olindi
янв.21
Ertaga xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo'lib o'tadi
янв.21
Xalq bilan ochiq muloqot: Termiz shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
MAKTABLARDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarining sport zallari faoliyati va mavjud shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport zallarining moddiy-texnik holati, sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlanganligi, yoritish va isitish tizimlari, sanitariya-gigiyena talablari hamda xavfsizlik sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sport to‘garaklariga jalb etilishi, mavjud sport jihozlaridan samarali foydalanish hamda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, sport zallarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.