35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ertaga xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo'lib o'tadi
янв.21
Xalq bilan ochiq muloqot: Termiz shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi
янв.21
“O‘zbekiston” mahallasida deputatlik faoliyati va mahalla faollari ishi tahlil qilindi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida deputatlik nazorati: faoliyat samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion omillarning oldini olish — doimiy e’tiborda
янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
#deputatlar_nazorati MAHALLADAGI IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qonuniy, manzilli va sifatli tashkil etilishini ta’minlash bugungi kunda mahalla darajasidagi muhim vazifalardan biridir. Shu bois xalq deputatlari Kengashlari tomonidan hududlarda ijtimoiy xizmatlarning amaldagi holatini o‘rganish va mavjud masalalarga deputatlik nazorati asosida yondashish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Mahkamov hamda deputat M. Raimdjanov tomonidan Maorif mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyalari doirasida tashkil etildi.

O‘rganish davomida, avvalo, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tashkil etilishi va ularning manzilliligi masalasiga e’tibor qaratildi.

Xususan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganildi. Bunday xizmatlarning o‘z vaqtida, qonuniy asoslarda va ehtiyojmand fuqarolarning manfaatlarini inobatga olgan holda tashkil etilishi ijtimoiy himoya tizimining muhim jihatlaridan biridir.

Deputatlik nazoratining mazmun-mohiyati ham aynan shu jarayonlarda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari ta’minlanishi, ijtimoiy ko‘makning haqiqatan ham ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga yetib borishi, mavjud masalalarning o‘z vaqtida aniqlanishi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi nazoratning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Maorif mahallasida o‘tkazilgan o‘rganish davomida ijtimoiy xodim faoliyatiga, aholining ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash va ularga tegishli xizmatlarni tashkil etish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash bilan bog‘liq ishlarning belgilangan tartibda amalga oshirilishi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bunday o‘rganishlar deputatlarning hududdagi real holatni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganishi, aholi manfaatlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratishi va ijtimoiy sohadagi ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Eng muhimi, ijtimoiy himoya masalalarida har bir murojaat va ehtiyojga manzilli yondashish, yordamning shaffof va adolatli tarzda yetib borishini ta’minlash muhimdir. Shu nuqtayi nazardan, mahallalarda ijtimoiy xizmatlar sifatini o‘rganish va ularning samaradorligini deputatlik nazorati ostida ko‘rib chiqish aholining huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3