35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ertaga xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo'lib o'tadi
янв.21
Xalq bilan ochiq muloqot: Termiz shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi
янв.21
“O‘zbekiston” mahallasida deputatlik faoliyati va mahalla faollari ishi tahlil qilindi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida deputatlik nazorati: faoliyat samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion omillarning oldini olish — doimiy e’tiborda
янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan
shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida mazkur qonun talablarining amaliyotga joriy etilishi, markaz tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, qamrovi va samaradorligi,shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.Xususan, markaz tomonidan 2026-yil davomida keksalar,nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga ko‘rsatilgan xizmatlar, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.Shuningdek, markazning Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Turopov Umid Toliboyevich bilan muloqot o‘tkazilib, deputat tomonidan qonun ijrosi va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar yuzasidan aniq savollar berildi.Jumladan 2026-yil davomida nogironligi bo‘lgan shaxslardan qancha murojaat kelib tushgan va ularning nechta tasi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan?Nogironligi bo‘lgan shaxslarning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga ijtimoiy xizmat va yordamlarni manzilli tashkil etish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda aniqlangan muammolar, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning zarur xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?Berilgan savollar yuzasidan mas’ul xodim tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, markaz faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish,nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 8