35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Faoliyat tahlili va natijadorlik: Termiz shahar Kengashi deputatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Tuproqqo‘rg‘on” mahallasidagi muammolar deputat nazoratida: O‘rganishlar 24 ta tavsiya asosida olib borildi
янв.21
“Ma’rifat” mahallasida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi murojaatlari va sohalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“JAYHUN” MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#_162_ta_qonun Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 17–21-avgust)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24- sessiyasi yakunlandi
янв.21
Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Yettinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
KORRUPSIYAGA QARSHI TARG‘IBOT

KORRUPSIYAGA QARSHI TARG‘IBOT

✅ 16-«Do‘stlik» saylov okrugidagi «Matonat» mahallasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan mahalla raisi va faollariga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, halollik va qonuniylik tamoyillari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

⚖️ Tadbir davomida 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ–419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun hamda 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ–931-son “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi.

✅ Shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Halollik — jamiyat taraqqiyoti va xalq ishonchining muhim mezonidir.

Slide 1 of 4