35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#biriktirilgan_qunun #162_qonun #deputat_faoliyati #doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 10-avgust–14-avgust)
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: TABIIY GAZ TARMOĞIGA ULANISH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 3-8-avgust kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “SURXON SOHILI” MAHALLASIDAGI ELEKTR TA’MINOTI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: KO‘P QAVATLI UYNI TABIIY GAZ TARMOĞIGA ULASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
“Abdulla Avloniy” okrugida bunyodkorlik va infrastruktura — deputat nazoratida
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun #biriktirilgan_qonun #deputat_faoliyati
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: Muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish: Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorining ijrosi monitoring qilindi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorining ijrosi monitoring qilindi

✅ Xalq deputatlari tuman kengashi raisi B.K.Xaitov, tuman Kengashi deputatlari birgalikda Kengash kotibiyati xodimi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 3-Toqchi saylov okrugi hududida Xalq deputatlari tuman kengashining 2026-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarorining tumandagi ijrosi haqida”gi VII-19-10-8-110-K/26-sonli qarori qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlarining sifati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida yo‘l qoplamasining sifati, asfaltning qalinligi, tekisligi, zichligi hamda qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va texnik me’yorlar talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

✅ Toqchi mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar xususan, Hamroyev Rustam, Niyozov Parda, Bozorova Mastura, A’zamova Nilufar va Hamroyev Ramazonlar ushbu yotqizilgan asfaltning sifati bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirib o‘tdilar. Aniqlangan kamchiliklar va bajarilgan ishlarning sifati yuzasidan tuman Kengashi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi belgilab olindi.

✅ Aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda har bir qurilish ob’ektida sifat nazoratini kuchaytirish doimiy deputatlik va jamoatchilik nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun: Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarorining tumandagi ijrosi haqida”gi VII-19-10-8-110-K/26-sonli qaroriga asosan Toqchi mahallasida 200 metr asfalt yotqizish ishlari bajarilishi nazarda tutilgan.

Slide 1 of 4