Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi
янв.21
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali — Termiz shahar qo‘rg‘oni!
янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
CHINOZ TUMANI. PARTIYA DEPUTATLIK GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

 Joriy yilning 15-yanvar kuni Xalq deputatlari Chinoz
tumani Kengashidagi “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati – O‘zbekiston
liberal demokratik partiyasi”dan saylangan deputatlarning partiya guruhi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga partiya deputatlik guruhi rahbari Abduvaxob
Turdiboyev raislik qildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Chinoz tumani
dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlar zaxiralari va narx-navolari
barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Yuqoridagi masala yuzasidan partiya deputatlik
guruhi a’zolari Olimjon Dadajanov, Rustamjon Raxmatov, Elyorjon Saidov hamda O‘zbekiston
liberal demokratik partiyasi Chinoz tumani Kengashi partiya apparati rahbari Fayzulla
Tojiqulovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savaol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib
o‘tdi. 

Majlis yakunida kun tartibidagi masala
bo‘yicha bildirilgan takliflarni va fikr-mulohazalari hamda partiya guruhi a’zolarining
bergan ovozlarini inobatga olgan holda tegishli hujjat qabul qilindi. 

Xalq deputatlari
Chinoz tumani Kengashidagi O‘zLiDep partiya deputatlik guruhi a’zosi Elyorjon
Saidov  

Slide 1 of 4