Xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashi Kotibiyat mudiri S. Qodirova, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Begiyev hamda bosh mutaxassis M. Nematullayeva hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdilar.
Korxona haqida qisqacha:
🏢 Brend: «ALIX Olmaliq Aluminium Systems»
🛠 Yo‘nalishi: Alyuminiy profillar, mebel jihozlari, metall eshik va derazalar ishlab chiqarish.
💰 Ustav kapitali: 125 milliard so‘m (2024-yildan buyon faoliyat yuritadi).
📍 Manzil: Olmaliq shahar Usmon Nosir mahallasi "Mustaqillik" ko‘chasi 22-uy
O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvati va mahsulotlarni dilerlarga yetkazib berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.