35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tibor va nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: MAHALLADAGI EKOLOGIK VA SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
MAHALLA MANFAATLARI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi
янв.21
“Farxod” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
#haftalik_ish_reja #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣“Shodlik” mahallasida deputatlik nazorati doirasida nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlik nazorati doirasida nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi ustidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi
янв.21
#haftalik_ish_reja #madad_nnt #deputat_faoliyati #fuqarolar_tashabbusi 🗣Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, uy-joy masalalariga huquqiy yechimlar izlandi
Mustaqillik — milliy g‘urur va birlik timsoli!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Shokirova Bekobod tumanining Bunyodkor mahallasida "Mustaqillik toʻyi" festivali doirasida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Bekobod tumani bo‘linmasi rahbari N. Jalilov soʻzga chiqib, yurtimiz mustaqilligining beqiyos tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish hamda yoshlarni Vatanga sadoqat va yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli ma'ruza qildi.

Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar xalqimizni ezgu qadriyatlar atrofida birlashtirish, mustaqillik ne'matini qadrlash va yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

✨ Mustaqillik — eng ulugʻ ne'mat, uni qadrlash barchamizning burchimiz!

Slide 1 of 5