35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi joylarda o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Termiz shahriga yangi olib kelingan jamoat avtobus transporti tizimi o'rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #murojaat_daftari #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Ijtimoiy reyestrdagi fuqarolar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati 🗣Mobil guruhlar faoliyati – maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va bolalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Deputatlik nazorati: mahalla hokim yordamchisi faoliyati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Hududdagi muammolar joyida o‘rganilib, amaliy vazifalar belgilab olindi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Qo‘qon shahar filiali tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

Taqdim etilgan javobda Qo‘qon shahridagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari chegaralarini belgilash va ularni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Xususan:
Farg‘ona viloyati Kengashining tegishli qarorlari asosida mahallalar chegaralarini belgilash va o‘zgartirish ishlari olib borilayotgani;
mazkur qarorlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Davlat kadastrlari agentligi axborot bazalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlanganligi;
mahallalar hududlarini aniq belgilash va kadastr ma’lumotlarini yangilash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan taqdim etilgan javobdagi ma’lumotlar o‘rganilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi