#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil
#sessiya_kun_tartibidagi_masala
#162_ta_Qonun
Sessiya kun tartibidagi masala hamda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov Qiziriq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limiga tashrif buyurib, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ–561-son, 2019-yil 2-sentabr) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham o‘rganish olib borilib, qonun talablarining amaliy ijrosi va bu boradagi ishlar tahlil qilindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram