#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#nazorat_tahlil
#deputat_faoliyati
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyev deputatning saylov okrugi hududida xususiy tadbirkor tomonidan barpo etilib, faoliyatini boshlagan "Qiziriq Shifo City" xususiy klinikasida bo‘ldi.
Tashrif davomida klinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan xonalar, bemorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, davolash va diagnostika jarayonlari hamda tibbiyot muassasasining umumiy faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, klinika rahbariyati bilan suhbat davomida aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tibbiyot sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida deputat tomonidan xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sohaga oid mavjud masalalarni o‘rganish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram