Deputatlar ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida amalga oshirilgan loyihalar natijalari, iqtisod qilingan mablag‘lardan samarali foydalanish, loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash hamda keyingi mavsumlarda fuqarolar tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Shuningdek, "Ochiq budjet" portali orqali loyihalar ijrosi yuzasidan ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarning tashabbuslarini sifatli shakllantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
✅ Muhokamalar yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.