35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termizda avtomobil yuvish shahobchalari o‘rganildi: Suv resurslarini tejash nazorat ostida!
янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI – AMALIY NATIJA!
янв.21
23-Pattakesar saylov okrugida deputatlik faoliyati amalda: mahallada muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#hafta_dayjesti 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-25-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati ochiqlik va kollegiallik tamoyillari asosida tashkil etiladi
янв.21
“NURLI KELAJAK”DA SAMIMIY MULOQOT: MUAMMOLAR TINGLANDI VA QAT’IY NAZORATGA OLINDI!
янв.21
“Nurli kelajak” mahalasida ochiq muloqot: deputat T.Berdiyev II chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Geografik obyektlarning nomlari – milliy qadriyat va tarixiy merosimiz ifodasi!
Yakkasaroyda zamonaviy bolalar maydonchalari barpo etilmoqda

#deputata_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️Deputat tashabbusi bilan Yakkasaroyda zamonaviy bolalar maydonchalari barpo etilmoqda

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy infratuzilmani yaratish, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish hamda qurilish ishlari sifatini ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining VII-14-137-14-0-K/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida “Rakat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Shota Rustaveli ko‘chasi, 60-uy hamda Muqumiy ko‘chasi, 96/6-uy manzillarida qurilishi boshlangan bolalar maydonchalarida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🤝 O‘rganishlarda Yakkasaroy tumani hokimining qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Vahabov, “RAMITAN GRAND STROY SERVIS” MChJ rahbari A. Dehqonov, texnik nazoratchi R. Janashov, “Rakat” MFY raisi B. Sobirdjonov hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

🔍 Qurilish jarayonida obyektlarda bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga va amaldagi qurilish me’yorlariga muvofiqligi, foydalanilayotgan qurilish materiallari, bolalar xavfsizligini ta’minlash talablari hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.

📉 Shuningdek, deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi. Xususan, bolalar sport va dam olish infratuzilmasining holati, hududning obodonlashtirilishi, xavfsizlik talablari, qurilish sifati hamda aholining ushbu obyektlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.

🗣 O‘rganish davomida mahalla faollari va fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif hamda mulohazalar deputat tomonidan tinglanib, qurilish jarayonini yanada sifatli tashkil etish, bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilishi belgilandi.

💡 Pudratchi tashkilot vakillariga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, obyektlarni sifatli holatda foydalanishga topshirish, maydonchalarda zamonaviy va xavfsiz o‘yin uskunalarini o‘rnatish hamda bolalar salomatligi va xavfsizligini ustuvor vazifa sifatida ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🌳 Ta’kidlanganidek, zamonaviy bolalar maydonchalarining barpo etilishi nafaqat bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, balki mahallalarda qulay, xavfsiz va obod yashash muhitini yaratishga ham xizmat qiladi.

✅ Yakunda deputat Vasila Alimova mazkur qaror ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishini, qurilish ishlari sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10