Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida Mirzo Ulug‘bek mahallasi fuqarosi Normurodova Lobarning subsidiya ajratilishi masalasiga oid murojaati tinglandi.
Murojaat mazmuni atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda mutasaddi tashkilotlarga yuborish uchun nazoratga olindi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlash va muammolariga amaliy yechim topish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.