35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasining II chorak yakunlari doimiy komissiyada muhokama qilindi
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyada PF–70-son Farmoni ijrosi yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyada PQ–438-son qarori ijrosi yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldidan dolzarb muhokamalar: Doimiy komissiya yig‘ilishida shahar iqtisodiyoti, infratuzilma va xususiylashtirish masalalari tahlil qilindi!
янв.21
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun #uchrashuvlar_sarhisobi 👥Xalq ichiga kirib, muammolar jonli o‘rganilmoqda: Termiz shahar Kengashi deputatlarining yarim yillik muloqotlari va yutuqlari sarhisob qilindi
янв.21
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun #murojaatlar 📄Har bir murojaat e’tibor markazida
янв.21
Mahallabay ish tizimi va deputatlik nazorati: "Jayhun" mahallasida aholi muammolari va PF-116 Farmoni ijrosi o‘rganildi!
янв.21
#haftalik_ish_reja #162_qonun #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati 🏛️Tizimli nazorat va yuksak mas’uliyat: Kengash kotibiyatida deputatlar faoliyati tahlil qilinib, navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda!
янв.21
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun #deputatlik_soʻrovi 📄Deputatlik so‘rovi — muammolar yechimida amaliy kuch: Yarim yillik faollik qariyb ikki barobarga oshdi!
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahar hokimligi tomonidan 2026-yil I yarim yili davomida qonunlar, Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Termiz shahar hokimligi   Ijro apparati rahbari K.Xolmatovning axboroti tinglandi.

O‘tgan davr mobaynidagi asosiy ko‘rsatkichlar:
Termiz shahar hokimligiga 7 039 ta xizmat hujjati kelib tushgan.
Shundan:
• 6 716 tasi belgilangan muddatlarda ijro etilgan;
• 323 tasi muddatidan kech bajarilgan;
• 4 ta topshiriq bajarilmagan;
• 2 ta topshiriq sifatsiz bajarilgani sababli qayta nazoratga olingan.

Ijro intizomini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib:
• 2 nafar hokim o‘rinbosari;
• 1 nafar bosh mutaxassisga "hayfsan" intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati ham alohida tahlil qilinib:
• hokimlikka 1 521 ta murojaat kelib tushgan;
• ularda 1 539 ta masala ko‘tarilgan;
• 1 450 ta murojaat o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan;
• 70 ta murojaat ijro jarayonida;
• 2 ta murojaat sifatsiz yopilgani sababli qayta nazoratga olingan.

"Aqlli shahar" axborot tizimi orqali:
• 137 ta kommunal yo‘nalishdagi murojaat kelib tushgan;
• ularning barchasi belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan;
• 25 ta murojaat bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

"Xalq nazorati" platformasi orqali esa jami 347 ta murojaat kelib tushgan. Jumladan:
Suv ta’minoti – 24 ta, elektr ta’minoti – 76 ta, chiqindilar – 49 ta, yo‘llarni ta’mirlash – 67 ta, boshqa masalalar – 131 ta.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan ijro intizomini yanada kuchaytirish, topshiriqlar ijrosini qat’iy nazorat qilish, fuqarolar murojaatlarini sifatli ko‘rib chiqish hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va mas’uliyatni oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yakunda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tayyorlangan qaror loyihalari doimiy komissiyalar tomonidan ma’qullanib, ularni ko‘rib chiqish va yakuniy qaror qabul qilish uchun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 2