Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hamkorlik va amaliy huquqiy yordam: "Madad" NNT bilan birgalikda fuqarolar qabuli o‘tkazildi!
янв.21
“Yashil bog‘lar” qarori ijrosi deputatlar nazoratida: Termizda ekologik loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#deputat_vazifalaridan
янв.21
XALQARO HAMKORLIK AMALDA   Yurtimizda yosh olimlar va talabalarning jahon andozalari darajasida bilim olishlari, dunyoning eng yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishlari hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash — doimiy e’tiborda
янв.21
O‘RQ-406 qonuni ijrosi amalda: "Tinchlik" mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati savolnomalar asosida tahlil qilindi
янв.21
Qurilishlarda ekologik nazorat: Shahardagi qurilish obyektlarida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar deputatlar va ekopolitsiya tomonidan tahlil qilindi!
янв.21
Korrupsiyasiz soha: "Termiz shahargaz" gaz ta'minoti bo‘limida ochiqlik siyosati va murojaatlar bilan ishlash tizimi deputatlik nazoratida!
янв.21
“Termiz shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq tashabbusi — deputat nazoratida: 12-sonli maktabning binosini ta’mirlash ishlari joyida o‘rganildi!
📨 Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich tomonidan Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanov nomiga yuborilgan deputatlik so'roviga rasmiy javob olindi.

📌 Deputatlik so‘rovida “Shamchiroq” MFY Ashxobod ko‘chasida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari yakunlanmay to‘xtab qolgani, buning oqibatida fuqarolar uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani hamda mazkur holat yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan edi.

📄 Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanov tomonidan taqdim etilgan javobda qayd etilishicha, Ashxobod ko‘chasida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari Jahon banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida olib borilmoqda.

🏗 Mazkur qurilish ishlari pudrat shartnomasi asosida “Ratufer Servis” MChJga topshirilgan. Biroq pudratchi korxona shartnomada belgilangan ishlarni yakunlamasdan, hech qanday sabablarsiz qurilish ishlarini to‘xtatganligi sababli u bilan tuzilgan shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan.

🚜 Rasmiy javobga ko‘ra, hozirgi kunda qurilish maydonidagi qazilgan joylar tekislanib, ortiqcha tuproq hamda qurilish chiqindilari olib chiqilgan. Ayni paytda qurilish ishlarini davom ettirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🛣 Shuningdek, kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari qayta boshlangach, ular to‘liq yakunlanishi, Ashxobod ko‘chasini asfaltlash ishlari esa kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi tugallangandan so‘ng amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

📎 Bundan tashqari, javob xatiga loyiha ijrochisi «FAYSEL INSAAT TEKSTIL GIDA LOJISTIK HIZMETLERI SANAYI VE TICARET LIMITED SIRKETI & FAYSEL CONSTRUCTION LLC» qo‘shma korxonasi loyiha menejeri M.Rzambetov tomonidan taqdim etilgan ma’lumot ham ilova qilingan.

⚖️ Deputat tomonidan yuborilgan so‘rov natijasida aholini qiziqtirayotgan masala yuzasidan rasmiy izoh va tushuntirishlar olindi. Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, qurilish ishlarining qayta boshlanishi va to‘liq yakunlanishi yuzasidan monitoring davom ettiriladi.

Slide 1 of 5