Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan “og‘ir toifa”ga kiritilgan “Bog‘chaovul” mahallasida amalga oshirilgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yil 24-fevraldagi VII-27-10-10-136-K/26-sonli qaroriga asosan tumanning “Bog‘chaovul” mahallasi bo‘yicha 2,9 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, 0,8 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash, 1 dona transformator o‘rnatish, 4 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini tortish, 50 dona tayanch ustunlarini o‘rnatish, 300 kVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish va hududni obodonlashtirish belgilangan.
🔺O‘rganish davomida asfaltlashtirish bo‘yicha belgilangan ishlar yakunlanganligi aniqlanib, asfalt qoplamasining sifati, yo‘lning belgilangan texnik me’yorlar asosida barpo etilganligi, yo‘l asosining mustahkamligi, suv oqimini ta’minlash holati hamda qurilish ishlarining loyiha talablariga muvofiq bajarilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.