Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #KengashQarori (https://telegram.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) Doimiy komissiyalar faoliyati
янв.21
Qonun ijrosi va ijtimoiy taraqqiyot nazoratda: "Ma’rifat" mahallasida yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi!
янв.21
Ijtimoiy himoya va inson qadri nazoratda: "Do‘stlik" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati nazoratda: "Jayhun" mahallasida PQ–48-sonli qaror ijrosi va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi!
янв.21
Mahalla boshqaruvini yangi bosqichga ko‘tarish: "Jayhun" mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Moliyaviy barqarorlik va qonun nazorati: Mahalliy budjet daromadlari ijrosi hamda qo‘shimcha rezervlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar faoliyati va sessiyaga tayyorgarlik: Kengash kotibiyatida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
#hatalik_ish_reja 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 13-iyul–17-iyul )
янв.21
#hafta_dayjesti 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 6-11-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi E.Yunusov olib bordi. Unda komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, mazkur tashkilotga biriktirilgan deputat M.Raimdjanov hamda ekspert-maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq, Marg‘ilon shahar Soliq inspeksiyasining Yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda soliq tushumlari ijrosi, soliqlarni undirish samaradorligi, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi 474-I-son "Davlat soliq xizmati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, soliq ma’murchiligini takomillashtirishdan iborat.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan qator savollar va takliflar bildirildi. Xususan, markirovka tizimini joriy etishda tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda soliq tushumlarini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan doimiy komissiya raisi E.Yunusov shunday ta’kidladi:
“Har bir tushum ortida aniq tizimli ish va mas’uliyat turibdi. Ayniqsa, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali budjet barqarorligini ta’minlash — ustuvor vazifamiz bo‘lib qolishi zarur.”

Muhokamalar yakunida hisobot ma’qullanib, mazkur masalani Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Shuningdek, hisobot beruvchiga mavjud zaxiralarni to‘liq ishga solish, soliq tushumlarini barqaror oshirish, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, markirovka tizimi qamrovini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 4