Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy himoya va inson qadri nazoratda: "Do‘stlik" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati nazoratda: "Jayhun" mahallasida PQ–48-sonli qaror ijrosi va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi!
янв.21
Mahalla boshqaruvini yangi bosqichga ko‘tarish: "Jayhun" mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Moliyaviy barqarorlik va qonun nazorati: Mahalliy budjet daromadlari ijrosi hamda qo‘shimcha rezervlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar faoliyati va sessiyaga tayyorgarlik: Kengash kotibiyatida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
#hatalik_ish_reja 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 13-iyul–17-iyul )
янв.21
#hafta_dayjesti 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 6-11-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputatlik so‘rovi — qat’iy nazoratda: "Bog‘ishamol" mahallasida ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Termiz shahrida yashil ekin maydonlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yosh fermerlar va aholi tomorqalarini qo‘llab-quvvatlash deputatlik nazoratining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
янв.21
"Guliston" mahallasidagi Qirg‘oqbo‘yi ko‘chasida elektr simyog‘och va yo‘l muammosi deputatlik nazoratiga olindi!
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 19-Yangihayot saylov okrugi deputati L.Hosilbekov hamda tuman hokimi o‘rinbosari SH.Sanaqulov saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, hududlarda yechimini topgan masalalar hamda fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab, olib borilgan faoliyat yuzasidan batafsil axborot berildi. Shuningdek, joriy yilning qolgan davrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan rejalar haqida ma'lumot taqdim etildi.

Muloqot jarayonida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Fuqarolar ishonchini oqlash hamda hudud rivoji yo‘lida izchil faoliyat olib borishlarini ta'kidladilar.

Slide 1 of 2