35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Deputatlik nazorati: mahalla hokim yordamchisi faoliyati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Hududdagi muammolar joyida o‘rganilib, amaliy vazifalar belgilab olindi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati 🗣“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonun
янв.21
Termizda avtomobil yuvish shahobchalari o‘rganildi: Suv resurslarini tejash nazorat ostida!
янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI – AMALIY NATIJA!
янв.21
23-Pattakesar saylov okrugida deputatlik faoliyati amalda: mahallada muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#hafta_dayjesti 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-25-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati ochiqlik va kollegiallik tamoyillari asosida tashkil etiladi
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish — har bir fuqaroning huquqi

Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish — har bir fuqaroning huquqi

O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 2019-yil 16-aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2019-yil 21-iyunda Senat tomonidan ma’qullangan.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlardan faqat qonuniy asoslarda foydalanilishi, ularning maxfiyligi va xavfsizligi ta’minlanishi lozim. Har bir fuqaro o‘ziga oid ma’lumotlarning qanday qayta ishlanayotganini bilish, ularga o‘zgartirish kiritishni yoki qonunchilikda belgilangan hollarda ularni o‘chirishni talab qilish huquqiga ega.

Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish – fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, axborot xavfsizligini mustahkamlash hamda zamonaviy raqamli jamiyatda ishonchli huquqiy muhitni shakllantirishning muhim omillaridan biridir.