Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: AHOLI MUROJAATI ASOSIDA SANITARIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi: hamkorlikdagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va bolalar maydonchalari nazoratda: "Shifokor" mahallasida amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
"Yulduz" mahallasidagi infratuzilma muammolari joyida o‘rganildi!
янв.21
Yoshlar kelajagi — tizimli nazoratda: "Shifokor" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#162_qonun #yoshlar_yetakchisi_faoliyati 🏛️Yoshlar siyosati markazda: "Yulduz" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati atroflicha tahlil qilindi!
янв.21
#doimiy_komissiya_faoliyati 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #KengashQarori
янв.21
Korrupsiyaga qarshi keskin kurash: Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish tizimida qonun ijrosi hamda shaffoflik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi va ijtimoiy himoya nazoratda: "Jayhun" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
#24_ta_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi, tuman deputati D. Ulug‘boyeva saylov okrugidagi Bog‘ichinor mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida mahalla hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish, yoshlar bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, uzoq yillardan buyon yotoq holatida bo‘lgan bemorlar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyoz va yordamlarning manzilli va to‘g‘ri yetkazilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2