35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Bog‘ishamol" mahallasida "Ko‘chama-ko‘cha" loyihasi doirasida o‘rganishlar o‘tkazildi: Aholi murojaatlari nazoratga olindi
янв.21
"Manguzar" mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlar nazarida: Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
"Manguzar" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazoratida: Kriminogen vaziyat tahlili
янв.21
Manguzar mahallasida yoshlar siyosati va deputatlik nazorati: Muammolar va istiqbollar tahlil qilindi
янв.21
"Navro‘z" mahallasida deputatlik nazorati: obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Navro‘z” mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasida yana uchta muhim masala bo‘yicha qarorlar qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasi davom etmoqda
Mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat Sh.Dexkanov saylangan 6-"Sadoqat" saylov okrugi hududidagi "Gʻishtli masjid" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan dolzarb tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, "mahalla yettiligi" hamkorligida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni kamaytirish, yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlash, notinch oilalarni nazoratga olish hamda mahallada osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2