35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammolar xonadonbay o‘rganilib, fuqarolar murojaatlari nazoratga olindi
янв.21
“Gulira’no” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ-415-sonli Qonun asosida tahlil qilindi
янв.21
“Gulira’no” mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi tahlil qilindi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun #OAV_biz_haqimizda 🗣Termiz shahar Kengashi faoliyati OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 1 600 martadan ortiq yoritildi!
янв.21
"Saxovat" mahallasida O‘RQ-371-sonli Qonun ijrosi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi!
янв.21
#huquqiy_axborot_soati Tadbirkorlar huquqlari – davlat himoyasida!
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #NNT_bilan_hamkorlik #OʻzNNTMA #Madad_NNT 🗣Kengash va NNT hamkorligi: Termizda aholining huquqiy himoyasi yangi bosqichda!
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #doimiy_komissiya_faoliyati Doimiy komissiyalar – Kengashning asosiy ishchi organi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot garovi!
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputat Jumayeva Svetlana tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov bilan hamkorlikda tumandagi «Fidokor» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla «yettiligi» faoliyati hamda hududdagi mavjud holatni o‘rgandi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida amalga oshirildi. Uchrashuv davomida mahalla «yettiligi» a’zolari bilan hudud aholisini qiynayotgan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar hamda hamkorlik rejasi belgilab olindi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida mahalla «yettiligi» tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish, shuningdek ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 4