Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi keskin kurash: Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish tizimida qonun ijrosi hamda shaffoflik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ijrosi va ijtimoiy himoya nazoratda: "Jayhun" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#Deputat_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #DeputatDaftari
янв.21
Tinchlik va xavfsizlik nazoratda: "Jayhun" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat va tashkilot hamkorligi: Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Mehrobod" mahallasida “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida deputatlik nazorati o‘tkazildi
янв.21
Deputat mas’uliyati — nazoratda: Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xalq vakillari faoliyati keskin muhokama qilinadi!
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun
янв.21
#hatalik_ish_reja 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 6-iyul–10-iyul )
янв.21
#hafta_dayjesti 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 29-iyun–3-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Qobilov hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi vakillari ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

📍 Uchrashuv “Chorshanbe” MFYda bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari mahalla “yettiligi” vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning kundalik faoliyati va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvning asosiy mavzulari:

✅ Qonun targ‘iboti: O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.

✅ Xizmat odobi: Mahalla tizimida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Nazorat: Aholi bilan ishlashda qonun ustuvorligini ta’minlash choralari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3