Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 iyundagi PF–116-son “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026 yil 22 iyundagi KQ–360-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda deputatlik nazorati izchil davom etmoqda.
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
BOGʻZOR MAHALLASIDA MAHALLA "YeTTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
"Amu sohillari" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
#Bog‘zorMahallasi #TermizShaharKengashi #PF116 #SessiyaOldiOrganish (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) BOGʻZOR MAHALLASIDA MAHALLA "YeTTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI”DAGI MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
“SAXOVAT” MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA QONUN IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/45942)
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
“Kibermakonda xavfsizlik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi

“Kibermakonda xavfsizlik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 30-iyun kuni Navoiy viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi majlislar zalida “Kibermakonda xavfsizlikni ta’minlash va kiberjinoyatchilikning oldini olish” mavzusida profilaktik yig‘ilish tashkil etildi.

Tadbirni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qurbonov Farxod Absalomovich kirish so‘zi bilan ochib berib, bugungi kunda raqamli texnologiyalar rivoji bilan bir qatorda internet tarmog‘ida uchrayotgan tahdidlar va ulardan himoyalanish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda Navoiy viloyati IIB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolarning internetdan xavfsiz foydalanishi, ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan firibgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berilib, kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallari hamda bukletlar tarqatildi.

Yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr almashdilar.

Slide 1 of 6