Mazkur haftalikka start berish maqsadida 38-sonli umumta’lim maktabida hamda 40-sonli umumta'lim maktabida yig‘ilish tashkil etildi.
Unda tuman hokimi Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati S.Xo‘jametov, Kotibiyat mudiri M.O`razbayev, tuman prokurori B.Masharipov, tuman IIB boshlig‘i M.Sherimbetov, tashkilotlar mas’ullari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida mahallada ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.