Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova tuman Kengashi deputati M.Nurmuxammedova va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov bilan birgalikda Vobkent tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda bepul berilishi belgilangan dori-darmon vositalarining mavjudligi va aholiga yetkazib berilish holati oʻrganildi.
🩺Oʻrganish davomida markaziy poliklinikada tibbiyot xodimlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati, navbatlar tizimi, dori vositalarining saqlanish sharoiti hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
💉Mazkur oʻrganish jarayonida ayrim yoʻnalishlarda mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi. Taʼkidlanganidek, aholining salomatligini mustahkamlash, ularga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish, ayniqsa ehtiyojmand fuqarolarni bepul dori-darmon bilan taʼminlash masalalari doimiy deputatlik nazoratida boʻlib qoladi.
🚑Shuningdek, markaziy poliklinika faoliyatini yanada yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish lozimligi qayd etildi.