#deputatlik_faoliyati #yoshlar_yetakchisi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov tomonidan Angren shahridagi “Sog‘lom” mahallasida yoshlar siyosati yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalladagi yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning bandlik, ta’lim, kasb o‘rganish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash bilan bog‘liq ehtiyoj va muammolari o‘rganildi. Yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantirilgan “Yoshlar daftari” bilan ishlash, ishsiz yoshlarni doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda ularni turli loyihalarga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha yoshlar bandligini yanada oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Deputat tomonidan yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazorati davom ettirilishi ta’kidlandi.