Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Qosimjon Qayumov Andijon shahridagi “Ozodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
O‘rganish davomida deputat mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini hal etish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, mahalla raisi tomonidan hududda yashovchi fuqarolarning xonadonlari uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filiali ko‘magiga ehtiyoj borligi bildirildi.
Mazkur masala yuzasidan tegishli filialga deputat so‘rovi yuborilishi hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.