24 ta tavsiya asosida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari yuzasidan 20-“Devonaboy” saylov okrugidagi “Z.M.Bobur” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan masalalar hamda murojaatlar holati bilan tanishildi.
Jumladan, yoshi ulug‘ fuqaroning ijtimoiy masala yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqilib, masalani tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mahalla raisi tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi muammolarini mahalla yettiligi bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
O‘rganish ishlari davom etmoqda.