Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashiga 8-"Obod" saylov okrugidan saylangan deputat D. Chankaeva tomonidan "Birlik" mahallasidagi "Olg‘a bos" va "Gulzor" ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ko‘chalarni asfaltlash, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish va hududni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, aholiga mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan Prezident qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berdi.