Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Majnuntol mahallasida oilaviy tadbirkorlik, bandlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
“ALISHER NAVOIY” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
ALPOMISH MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI VA HUDUDIY MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
MUROJAATLAR IJROSI NAZORATDA: ALPOMISH MAHALLASIDAGI MUAMMO JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
ALPOMISH MAHALLASIDA MAHALLIY KENGASH NAZORATI: MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati Mahalliy Kengashlar vakolatlaridan...
янв.21
Muloqotdan amaliy natijagacha: "Pattakesar" mahallasida aholi muammolari deputat nazoratiga olindi
янв.21
Xalq bilan samimiy muloqot: "Pattakesar" mahallasida islohotlar targ‘iboti va aholi murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
"Yoshlar daftari" orqali yoshlarning intellektual va tadbirkorlik salohiyati qo‘llab-quvvatlanmoqda!
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda mahalliy Kengash deputatlari hamkorligida Navro‘z mahallasida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligini tahlil qilish hamda Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya talablarining hayotga tatbiq etilish holatini ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:
Hokim yordamchisining mahalla drayverlaridan kelib chiqib, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari tahlil qilindi.

Yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli tomonidan "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish tizimi o‘rganildi.

Ijtimoiy xodim hamda profilaktika inspektorining hamkorlikdagi faoliyati — ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash va mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
Deputatlar nazorati va kelgusi vazifalar
Kengash raisi D.Safarova deputatlik nazorati doirasida 24 ta tavsiyaning har bir bandi ijrosiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, deputatlarning mahalla hayoti bilan uzviy bog‘liqligini oshirish, hududdagi muammolarni tizimli ravishda Kengash sessiyalari muhokamasiga olib chiqish mexanizmlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

O‘rganish yakunida Navro‘z mahallasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, "Mahalla yettiligi" faoliyatini yanada jadallashtirish hamda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.