Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Investitsiyalar loyihalari amalda
янв.21
Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh viloyatimizdagi tashrifi davomida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va taʼlim tashabbuslari bilan tanishdi
янв.21
Senat Raisi Surxondaryo viloyatida sanoat va farmatsevtika sohasidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi
янв.21
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
BOGʻZOR MAHALLASIDA MAHALLA "YeTTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
"Amu sohillari" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
#Bog‘zorMahallasi #TermizShaharKengashi #PF116 #SessiyaOldiOrganish (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) BOGʻZOR MAHALLASIDA MAHALLA "YeTTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI”DAGI MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILDI
DEPUTAT XALQ BILAN HAMNAFAS!

↩️Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning iqtisodiy jihatdan oyoqqa turishi uchun imkoniyatlar yaratish, jamiyatdagi o‘rnini oshirish hamda mavjud muammolarini hal etish maqsadida Uchquduq tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, 1-sektor rahbari U.Yelmuratov, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Radjapov “Yo‘lchilar” ovulidagi bir necha xonadonlarda bo‘ldi.

  ⤵️ Ovul fuqarolar yig‘inidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli o‘rganilib, daromadi past oilalar, ehtiyojmand va nochor oilalarning daromad manbaini oshirishga doir olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

↩️Shuningdek, ovulda xonadonlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham o‘rganildi.

Slide 1 of 8