Mahalladagi kichik ishlab chiqarish syexlari faoliyati va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Yo'ldoshev navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Deputatlik nazorati tartibidagi bu galgi o‘rganishlar davomida “Bektepa” mahallasi hududida joylashgan, aholi uchun muhim bo‘lgan tom yopish materiallari (profnastil) ishlab chiqarish syexi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
✅O‘rganish davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
✅Ishlab chiqarish jarayoni: Xalq iste’molidagi qurilish materiallarining sifati va xomashyo zaxiralari;
✅Mehnat xavfsizligi: Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar;
✅Yangi ish o‘rinlari: Mahalla yoshlari va ishsiz aholi bandligini ta’minlashdagi tadbirkorning roli.
✅O‘rganish davomida deputatlar va ishchi guruh a’zolari mahalliy tadbirkor bilan suhbatlashib, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, sifatni oshirish hamda mehnat muhofazasini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalarni berdilar.