Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larining taqsimoti ko‘rib chiqildi
янв.21
Yozgi ta’til — mazmunli va samarali: Termizda yoshlar uchun “Dolzarb 90 kun” dasturi muhokama qilindi!
янв.21
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash: Kadastr idorasida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Kreditlar samaradorligi va tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlovda: "Mehrobod" mahallasida deputatlik o‘rganishlari
янв.21
Qonun ustuvorligi mahallada: "Ma’rifat" mahallasida yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Qonun ustuvorligi va samaradorlik: "Jayhun" mahallasida deputat va mahalla faollari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 15-19-iyun)
янв.21
#hafta dayjesti Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 8-13-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar uchun “Mustaqillik soati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.   Interaktiv tarzda o‘tgan ochiq muloqotda o‘quvchilarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari haqida batafsil so‘z yuritildi. Xususan, zamonaviy multimedia vositalari orqali yurtimizdagi ulug‘vor loyihalar, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi. “Mustaqillik soati” doirasida quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi: • O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; • Yoshlarni kelgusi o‘quv yiliga hamda yangi ta’lim bosqichlariga puxta va motivatsiya bilan tayyorlash; • Yurtimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar va ta’lim tizimidagi islohotlar mohiyatini yetkazish.   Samimiy va qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputatdan batafsil javoblar oldilar.
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi: Deputat ishtirokida “Mustaqillik soati” tashkil etildi
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

PQ-5 va VM-665 qarorlar ijrosi "Doimiy komissiyada" ko'rib chiqildi...

🔹Kengash ish rejasiga muvofiq bugun 07.05.2026-yil kuni, Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi"ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilish doimiy komissiya raisi o'rinbosari A.Kim tomonidan o'tkazildi.

🔹Shahar "Suv xo'jaligi" bo'limi boshlig'i "shaharda suv limitlarini taqsimlash va tasdiqlash" va shahar "Obodonlashtirish" bo'limi xodimlarining, shahar hududidagi 31 ta mahallalarda "ichki yo'llarni yamash va joriy ta'mirlash" ishlari yuzasidan xisoboti eshitildi.

🔹Komissiya raisi o'rinbosari A.Kim va komissiya a’zolari taklif va tavsiyalarini bildirib o'tishdi. Mazkur masala "Tanqidiy" o'tkazilib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi.

Telegram | 📹 Youtube | ✅ Facebook

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali

Slide 1 of 8