Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Hujjatlardan amaliyotga: Mas'ullar hududga chiqib, aholi bilan muloqot qildilar!
янв.21
“Tinchlik” mahallasida “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallalardagi ish tizimi nazoratda: "Eskishahar"da faoliyat samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalaridan:
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Majnuntol mahallasida oilaviy tadbirkorlik, bandlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
“ALISHER NAVOIY” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
ALPOMISH MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI VA HUDUDIY MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
MUROJAATLAR IJROSI NAZORATDA: ALPOMISH MAHALLASIDAGI MUAMMO JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan hamda amalda to‘langan mablag‘lar, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti” masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

🔹 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Amanlikov, Kengash kotibiyati mudiri X. Berdiyarova, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda deputatlar ishtirokida Tuman davlat soliq inspeksiyasi faoliyati savolnoma asosida atroflicha tahlil qilindi.

🔹 O‘rganish davomida mahalliy budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va safarbar etish, soliq bazasini kengaytirish, soliq qarzdorligini kamaytirish hamda soliq tushumlari samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔹 Shuningdek, Tuman davlat soliq inspeksiyasiga yuborilgan deputat so‘rovlari ijrosi ham tahlil qilindi. Xususan, deputat Axrorjon Ibadullayev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi mazmuni o‘rganilib, unda mahalla hududlarining ayrim davlat axborot bazalarida noto‘g‘ri ko‘rsatilishi natijasida aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotganligi ko‘tarilganligi qayd etildi. Mazkur murojaat natijasida tegishli ma’lumotlar bazalaridagi kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolarga qulaylik yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilganligi muhokama qilindi.

🔹 O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat so‘rovlarining ijro intizomi ham baholanib, bir holatda deputatlik so‘roviga belgilangan muddatdan kech javob berilganligi aniqlandi. Ushbu holat mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, kelgusida deputat so‘rovlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida tayyorlangan xulosalar va takliflar Kengashning navbatdagi doimiy komissiya yig’ilishida ko‘rib chiqilishi hamda tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 9