🔴 Uchrashuv davomida mahalla "yettiligi" bilan muloqot qilinib, deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga doir 24 ta tavsiya asosida yettilik tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar o'rganildi.
🔴Shu bilan birga mahalla hududida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida hokim yordamchisi tomonidan bajarilgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
🔴Davomda "mahalla yettiligi" tizimining o‘zaro hamkorligi xalq deputatlarining mahalladagi vakillari bilan qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi va mavjud muammolarni hal etishdagi o‘rni tahlil qilindi.
🔴Yakunda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini sifatli ta’minlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.