Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri uchun: “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Farhod” mahallasidagi zamonaviy uy-joylar: qurilish sifati va muddati nazoratda
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining o'n beshinchi yalpi majlisi yakunlandi
янв.21
Оliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 18-22-may)
янв.21
“Jayhun” mahallasida hudud obodonchiligi va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi
янв.21
Kengash kotibiyati faoliyati nazoratda
янв.21
Tahlil, tanqid va natijadorlik: Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashida haftalik sarhisob yig'ilishi o‘tkazildi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining o'n beshinchi yalpi majlisi birinchi ish kuni bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi. (https://t.me/senatuz/44190)
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari A. Amanlikov va Z. Alimovlar “Do‘stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Xoliqnazarov Bobobek xonadonida bo‘lib, oilaning yashash sharoiti hamda holidan xabar oldi.

Suhbat davomida Bobobek Xoliqnazarov uzoq yillar davomida ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul xizmati tizimida samarali faoliyat yuritgani, xususan 30 yil davomida sohada sidqidildan xizmat qilgani alohida e’tirof etildi. Hozirgi kunda u kishi nafaqada bo‘lib, mahalla hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.

Uchrashuv davomida fuqarolarning turmush sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, yurt tinchligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylarning hayotiy tajribasi yosh avlod uchun ibrat ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 4