Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Normuradova Dilbar Abdikasimovna raisligida olib borilgan sessiya ishida jami 8 ta shahrimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid masalalar deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi
янв.21
Sessiyada muhim masala yuzasidan muzokara
янв.21
Sessiyada muhokama qilinayotgan navbatdagi masala
янв.21
Muhim ijtimoiy loyiha muhokamada!
янв.21
Sessiyada dastlab shahar Soliq inspeksiyasi boshlig'i Safar Turayevning hisoboti eshitilmoqda (https://www.facebook.com/share/v/1By2xefCL3/)
янв.21
Ayni vaqtda qolgan masalalar bo'yicha doimiy komissiyalar raislari va a'zolarining muzokaralari eshitilmoqda (https://www.facebook.com/share/v/1By2xefCL3/).
янв.21
Ayni vaqtda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-sessiyasi bo'lib o'tmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 30-mart-4-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Ish rejasi ijrosi — amalda: Oromgohning ekologik holati o‘rganildi
янв.21
Manfaatlar toʻqnashuvi nima va u nega muhim?
KONIMEX TUMANI KENGASHI RAISINING TABRIGI

 Hurmatli ota-onalar! qadrli yoshlar, 

       Barchamiz uchun eng hayajonli va uzoq kutilgan onlarda talaba degan nomga o'zining tinimsiz mehnati va izlanishi bilan harakat qilib, davlat oliy ta’lim muassasalariga
qabul qilingan tumanimiz yoshlarini chin qalbimdan muborakbod etib, o'zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.
Davlatimiz Rahbari tomonidan yoshlar ta'lim-tarbiyasiga, ularning Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qoʻsha oladigan yetuk kadr bo'lib shakllanishi uchun yaratilayotgan qulayliklardan unumli foydalanib, bugun o'z hayot yo'lini qurayotgan
yoshlarimiz uchun talaba degan nomga erishganligi nafaqat ota-onasi, shu bilan bir qatorda ustoz-murabbiylarining ulkan yutuqlaridir.
Aytish joizki, talabalik bu sizga berilgan ulkan yutuq hamda yanada g'ayrat bilan o'qib, izlanish uchun imkoniyatdir. Bu yo‘lda tinimsiz izlanib, yangi marralar sari talpinish, dadillik va o‘zingizga qat’iy ishonch hissi doimo hamrohingiz bo‘lishi lozim. Hamisha yodingizda tuting, har biringiz o‘ziga xos iste’dod sohibisiz, ularni ro‘yobga chiqarish esa avvalo o‘zingizga, tinimsiz intilish va izlanishlaringizga bog‘liq.  

Joriy yilda tumanimizdagi umumta’lim maktablarida 280 bitiruvchi yoshlar o'qishni tamomlab, 139 nafari davlat oliy ta’lim muassasalariga o'qishga qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda nodavlat oliy ta’lim muassasalariga hamda xorijiy nufuzli universitetlarga qabul qilingan yoshlar, kasb sirlarini o'rganish maqsadida kollej va texnikumda o'qishini davom ettirish niyatidagi
yoshlar bugun bizning oltin fondimizdir.
Shuni aytishim lozimki, mazkur o'quv yilida o'qishga kirolmagan yoshlarimiz saboq olib, yanada izlanib, chuqur bilim olib, keyingi o'quv yilida davlat granti asosida o'qishga kirishlarida tilakdoshman va tuman rahbari sifarida bu yo'lda bor yordam va ko'mak ko'rsatilishini bildiraman. 

Aziz o'g'il qizlarim! 

Hayotda yuksak marralarni ko‘zlab, serg‘ayrat va bilimdon sizdek farzandlarimiz bizning faxrimiz, g'ururimiz! Sizlarni yanada bir bor bugungi quvonchli kun va hayot yo'lingizdagi ulkan muvaffaqiyatlar bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi ishlaringizda omad va zafarlar tilayman! 

   

Slide 1 of 1