Oʻrganish davomida mahalla hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash holati, murojaatlar ijrosi hamda aholiga koʻrsatilayotgan amaliy yordam sifati tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning mavjud muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ularga manzilli koʻmak ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur oʻrganishdan asosiy maqsad — mahallalarda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini yanada kuchaytirish, aholining turmush farovonligini oshirish hamda murojaatlar bilan ishlash sifatini yaxshilashdan iborat.