Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Deputat so'rovi yuborildi

Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashi deputati Begimov Olamgir Akram o'g'li tomonidan aholidan kelib tushgan murojaatlar hamda hududlardagi o'rganishlari asosida aniqlangan muammo yuzasidan deputat so'rovi yuborildi.

Yoshlik mahallasi Obi hayot ko‘chasidagi transformator hududi atrofida himoya temir panjarasi mavjud emasligi sababli xavfsizlik talablari to‘liq ta’minlanmagan. Mazkur hududdan o‘quvchilar va fuqarolar doimiy foydalanib kelayotgani esa aholi, ayniqsa bolalar hayoti va salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etildi.
Deputat tomonidan mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilib, muammoni joyiga chiqqan holda deputat ishtirokida o‘rganish, mavjud holat yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish hamda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yoki kelgusida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida yozma axborot taqdim etish so‘raldi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3