Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Hudud rivoji uchun hamkorlik muhim omil

Hudud rivoji uchun hamkorlik muhim omil

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan 13-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat N. Alimov hududidagi “Shodlik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalla raisi bilan atroflicha suhbat o‘tkazilib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi, mavjud muammolar hamda ularning yechimi yuzasidan batafsil fikr almashildi. Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni samarali hal etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishildi.

Jarayonda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda bu yo‘nalishda deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va aholining muammolarini tizimli hal etishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Mamarajabov

Slide 1 of 3